O‘zbekistonda 15 yil doimiy yashayotganlarga fuqarolik berilishi 1 maydan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini berish tartibini takomillashtiriladi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Dasturga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qonuni loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihada, 2021 yil 1 maydan boshlab O‘zbekistonga 2005 yil 1 yanvarga qadar kelib, O‘zbekistonda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashayotgan, shuningdek, 15 yil davomida O‘zbekistonda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish tartibi joriy qilish nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2021 yil 1 may, ijro uchun mas’ullar - Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil oxirida prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida 15 yil davomida muqim yashagan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligini berish tartibi joriy qilinishi haqida gapirgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring