O`zbekistonda 1 noyabrdan nimalar o`zgaradi?

O`zbekiston qonunchiligida 1 noyabrdan bir qancha yangi tartiblar kuchga kirmoqda. Jumladan:

 * Imkoniyati cheklangan shaxslar davlat xizmatlaridan foydalanganda 50 foizlik chegirma beriladi

* Hududida xonadonlar soni mingdan ortiq bo`lgan mahalla xodimlarining maoshlari 35 foizga oshiriladi.

Реклама на Unews

*  Oilaviy zo`ravonlik holatlari bo`yicha xabar berish tizimi yo`lga qo`yiladi.

* Imtiyozli toifadagi shaxslarga ayrim tibbiy xizmatlarni nodavlat tibbiyot tashkilotlarida ko`rsatish byudjet hisobidan qoplab beriladi.

* Etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni qo`llab-quvvatlash jamg`armalari tashkil etiladi.

Реклама на Unews

* Mehnat migrasiyasida talab yuqori bo`lgan kasblar to`g`risida yagona ma`lumotlar bazasi yaratiladi.

* Davlat tibbiyot muassasalari rahbarlari Healthcare Administration yo`nalishi bo`yicha o`qitiladi.

* Xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan kreditlar 10 yildan kam bo`lmagan muddatga qayta kreditlanadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring