Oʻzbekistonda 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi?

Joriy yil 1 avgustdan Senatda Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish tizimi yoʻlga qoʻyiladi,  deb yozmoqda " Sputnik.uz" nashri.

  Adliya vazirligi telegram-kanalida mamlakatda 1 avgustdan sodir boʻladigan oʻzgarishlar haqida xabar berildi.

Jumladan:

Реклама на Unews

 1. Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishga ruxsat beruvchi guvohnomalar cheklanmagan muddatga beriladi

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish, shuningdek umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish huquqiga ruxsat beruvchi guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi .

Ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yoʻnalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida realizatsiya qilingan tabiiy vino (qadoqlangandan tashqari) mahsulotlariga nol darajali stavka boʻyicha aktsiz soligʻi solinadi.

Реклама на Unews

Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar isteʼmol etil spirtining 50 foiz haqini oldindan toʻlash shartlarida realizatsiya qilish huquqiga ega boʻladi.

2. Majburiy ijro byurosining qator vakolatlari tegishli tashkilotlarga oʻtkaziladi.

Majburiy ijro byurosining qoʻyidagi vakolatlari tegishli tashkilotlarga oʻtkaziladi:

elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarini joriy etilishini tashkil etish va ushbu jarayonlar ustidan monitoring oʻtkazishga doir vazifa va vakolatlar – Energetika vazirligiga;

elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini taʼminlash, isteʼmolchilarning qarzdorligini kamaytirish, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz sotuvi va isteʼmolini hisobga olish boʻyicha vazifa va vakolatlari – "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va "Hududgaztaʼminoti" AJning hududiy tashkilotlariga;
elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-taroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga doir vakolatlar – "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va "Hududgaztaʼminoti" AJning hududiy tashkilotlariga hamda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga;

elektr energiyasi va tabiiy gazni ehtiyot qilish va ulardan foydalanish yuzasidan isteʼmolchilarning huquqiy madaniyatini va masʼuliyatini oshirishga doir vazifa va vakolatlar – Energetika vazirligi, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va "Hududgaztaʼminoti" AJga;

energiya resurslari uchun hisob-kitob qilinishini taʼminlash tizimini kompleks tahlil qilish, tizimli muammolarni aniqlash, takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga doir vazifalar – Energetika vazirligiga.

3. "Andijon", "Buxoro" va "Urganch" xalqaro aeroportlarida xalqaro huquq normalariga muvofiq "Ochiq osmon" rejimi joriy etiladi

Joriy yil 1 avgustdan boshlab: reyslar soni va yoʻnalishlari boʻyicha cheklovlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi "Ochiq osmon" rejimi "Andijon", "Buxoro" va "Urganch" xalqaro aeroportlarida xalqaro huquq normalariga muvofiq joriy etiladi;

 xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimning mavjudligidan qatʼi nazar “Ochiq osmon” rejimi joriy etilgan xalqaro aeroportlarga doimiy qatnovlarni amalga oshira oladi (bunda, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining uchish va aviatsiya xavfsizligi boʻyicha standartlariga muvofiq boʻlish talab etiladi);
investorlarning yoʻlovchi tashuvchi yangi dor yoʻllarini (“Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida tashkil etilayotganlardan tashqari) qurish va jihozlash uchun yoʻnaltirilgan xarajatlarining bir qismi har bir 500 metr yoʻl uchun Davlat byudjetidan Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 1 milliard soʻm miqdorida qoplanadi.

4. Nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi.

Eksperiment tariqasida Davlat bojxona qoʻmitasi, Davergeodezkadastr, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hamda Namangan, Buxoro va Toshkent viloyatlari hokimliklari huzurida Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi.

 Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) yoxud harakatsizligi natijasida oʻz huquqlari va erkinliklari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilganligi haqidagi murojaatlari Apellyatsiya kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.

5. Ayrim transport vositalariga utilizatsiya yigʻimi joriy etiladi

Transport vositasining turi, toifasi, ishlab chiqarish muddatidan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 30 baravaridan 1500 baravarigacha utilizatsiya yigʻimi undiriladi.

6. Temir yoʻl transporti tashkilotlari oʻzlarining axborot tizimlarini bojxona organlarining axborot tizimlariga integratsiyalash orqali bojxona nazorati ostidagi vagon va konteynerlarning mamlakat ichidagi harakatlari haqidagi maʼlumotlarni bojxona organlariga real vaqt rejimida begʻaraz tarzda taqdim etadi.

 7. Ayrim transport vositalarini olib kirish uchun aktsiz soligʻi stavkalari bekor qilinadi

8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk tashishga moʻljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar boʻyicha transport vositalarini olib kirishda amalda boʻlgan aktsiz soligʻi stavkalari bekor qilinadi.

8.Senatda Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

9. Davlat tilida markirovkalanmagan tovarga muvofiqlik sertifikati berilmaydi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha import qilinadigan isteʼmol tovarlarining ayrim turlari ishlab chiqaruvchi tomonidan Oʻzbekistonning davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida) markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish taqiqlanadi (qonun hujjatlaridagi istisnolardan tashqari).

 10. Nukus shahri va viloyat markazlarida umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashish uchun yoʻlkira haqini toʻlash avtomatlashtirilgan tizim orqali amalga oshiriladi.

11. Ayrim teatr va muzey-qoʻriqxonalar chiptalarini sotish BOYATO orqali amalga oshiriladi

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri, Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri, Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri va "Buxoro" davlat muzey-qoʻriqxonasida chiptalarni sotish Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimi (BOYAET) orqali amalga oshiriladi.

12. Oʻzbekiston Respublikasining "Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida"gi Qonuni kuchga kiradi.

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring