BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O‘zbekiston yashash uchun eng arzon mamlakatlar reytingida 6-o‘rinda qayd etildi

Numbeo portali yashash uchun eng qimmat va eng arzon mamlakatlarning 2020 yilgi reytingini e’lon qildi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri. 
Ushbu reytingga dunyoning 135 ta mamlakati kiritilgan bo‘lib, u uy-joy ijara puli, yashash indeksi qiymati va aholining xaridorlik qobiliyati kabi ko‘rsatkichlar asosida tuzilgan.

O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda 130-o‘rinni egalladi. Reytingdan, shuningdek, Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar ham o‘rin olgan. Jumladan, Qozog‘iston 116-o‘rinni, Qirg‘iziston 133-o‘rinni, Afg‘oniston 132-o‘rinni, Pokiston esa 135 — eng so‘nggi o‘rinni egallagan.

Skrinshot: Numbeo
Bermud orollari 2020 yilda yashash uchun eng qimmat deb topildi. Undan keyingi pog‘onalarni Shveysariya, Norvegiya, Islandiya va Yaponiya egalladi. Ro‘yxatning to‘liq matnini quyidagi havola orqali ko‘rish mumkin.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring