O`zbekiston va Kuba koronavirusga qarshi dorilar masalasida muzokara o`tkazdi
3710 18-09-2020 0 O'zimizdaO`zbekiston koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun Kubada ishlab chiqarilgan Biomodulin T preparatini qo`llash masalasini o`rganmoqda.
Kuba tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar berishicha, O`zbekiston sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Abdulla Azizov ushbu masalada kubalik rasmiylar bilan videokonferensaloqa shaklida muzokara o`tkazgan.
Ma`lum qilinishicha, Biomodulin T dori vositasi Kubaning Biocen kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, COVID-19'ga chalingan yoshi katta bemorlardagi respirator simptomlarni bartaraf etish uchun mo`ljallangan. 3 soatdan ortiq davom etgan muhokamalarda preparat har ikkala mamlakat tibbiyot mutaxassislari tomonidan yuqori baholangani aytiladi.
Реклама на Unews
"O`zbekiston ekspertlari Kubaning taqdimotini yuqori baholab, ikki mamlakatning sog`liqni saqlash va dori-darmon sohalaridagi hamkorligini chuqurlashtirishga qiziqish bildirishdi", – deyiladi Kuba TIV axborotida.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.