O‘zbekiston turizm bozoriga "Virus-free" sertifikati kirib kelmoqda

Turkiya dunyoda birinchilardan bo‘lib sayyohlik ob’yektlarini yuqumli kasalliklardan, shu jumladan koronavirusning yangi turi bo‘lmish SOVID-19 dan sertifikatlash tizimini ishlab chiqdi. Buning uchun tegishli virusga qarshi gigiyena talablari ishlab chiqildi. «Virus Free System» sertifikatlash tizimini shu yilning may oyidan joriy etish boshlanadi, deb yozmoqda  "Sof.uz" nashri.

Yangi tizimga ko‘ra, transport vositalari, mehmonxonalar, aeroportlar, restoranlar, agentliklar, muzeylar va tarixiy joylarda tozalash ishlarini olib borishga alohida e’tibor beriladi. Bundan tashqari, turizm sanoatining barcha xodimlari immunitet to‘g‘risidagi guvohnoma olishlari talab etiladi. Turoperatorlar, shuningdek, tibbiy infratuzilma inventarizatsiyasi, intensiv terapiya va oddiy sun’iy shamollatish apparatlarini ishlatish bo‘yicha ko‘nikmalarni egallashlari lozim.

Dunyo agentligining xabar berishicha, O‘zbekiston Turkiya bilan hamkorlikda tizimni muvaffaqiyatli sinab ko‘rish bo‘yicha yangi strategiya ustida ishlamoqda.

Реклама на Unews

Birinchi bosqichda yangi amaliyot ichki turizm bozorida sinovdan o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqichda tomonlar ushbu sertifikat turini xalqaro standartga aylantirishga harakat qiladilar.

Xitoyda pandemiya sabab muzqaymoq yeyish avjiga chiqmoqda

Samarqandda karantin hali yumshatilmasligi ma'lum qilindi!

Реклама на Unews

«Bajaramiz», «yest» qilamiz, degan odamlar endi ishlolmaydi. Ko‘p odamlar bilan xayrlashishga majbur bo‘laman – Prezident

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring