O`zbekiston Tojikistondan tok import qilishni boshladi

Anomal sovuq davrida Surxondaryo viloyatida aholi va ijtimoiy soha ob`ektlarini uzluksiz  elektr  energiyasi bilan  ta`minlash  maqsadida qo`shni Tojikiston Respublikasidan qo`shimcha elektr energiyasi etkazib berish  yo`lga qo`yildi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Jumladan,  2023 yil 18 yanvar kuni Sho`rchi, Oltinsoy, Qumqo`rg`on, Jarqo`rg`on tumanlarining 70 foiz,  Bandixon, Qiziriq, Sherobod tumanlarining 90 foiz va Boysun tumanidagi elektr energiya iste`molchilari  Sariosiyo, Uzun, Denov  tumanlari qatori Tojikiston Respublikasining “Regar-500” podstansiyasidan chiquvchi 220kVli L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlari orqali kuchlanish bilan ta`minlandi.

Viloyatimizning  Termiz, Jarqo`rg`on tumanlarining  30 foizi, Muzrabot, Angor, Sherobod tumanlarining 10 foizi  hamda Termiz shahrining elektr energiya iste`molchilari 196 MVt yuklama bilan  O`zbekiston Respublikasi orqali kuchlanish bilan ta`minlanmoqda.

Реклама на Unews

Tojikiston Respublikasining “Regar-500” podstansiyasidan chiquvchi 220kVli L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlarining har biridagi simning yuklamani ko`tarish qobiliyati                 250 MVtga mo`ljallangan bo`lib, L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlarining birortasi favqulotda o`chib qolish holatlari yuz bergan vaqtlarda energosistemani saqlab qolish maqsadida Sho`rchi, Oltinsoy, Qumqo`rg`on, Jarqo`rg`on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Boysun, Sariosiyo, Uzun, Denov  tumanlari bo`yicha  Janubiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi dispetcherlarining topshirig`i va Surxondaryo hududiy dispetcherlik bo`limi dispetcherining farmoyishi bilan tumanlarning o`zidan tasdiqlangan cheklash grafigiga asosan  6-10 kVli fiderlardan soatiga 70-80 MVt dan cheklash olib borish taqazo etiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring