O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yanvar oyidagi yig‘inida ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxati ma’lum qilindi.

2022 yilning 21 yanvar sanasida O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Srechko Katanets mazkur yig‘inga 23 nafar futbolchini jalb qildi. Xalqaro taqvimdan kelib chiqqan holda ushbu yig‘inga faqatgina mahalliy klublarda to‘p surayotgan futbolchilar chaqirilgan.

Реклама на Unews

Darvozabonlar: Valijon Rahimov («OKMK»), O‘tkir Yusupov («Navbahor»), Umidjon Ergashev («Nasaf»);

Himoyachilar: Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Umarbek Eshmurodov («Nasaf»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»), Dilshod Saitov («Nasaf»), Sherzod Nasrullayev («Nasaf»), Islomjon Qobilov («Lokomotiv»), Abdulla Abdullayev («Bunyodkor»), Jaloliddin Jumaboyev («Lokomotiv»);

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov («Paxtakor»), Akmal Mozgovoy («Nasaf»), Abubakr Rizo Turdialiyev («Nasaf»), Abror Ismoilov («Paxtakor»), Hojimat Erkinov («Paxtakor»), Oybek Bozorov («Nasaf»), Dostonbek Hamdamov («Paxtakor»), Javohir Siddiqov («Lokomotiv»), Sardor Sobirxo‘jayev («Paxtakor»);

Реклама на Unews

Hujumchilar: Sherzod Temirov («Paxtakor»), Husayn Norchayev («Nasaf»), Azizbek Omonov («Lokomotiv»).

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring