O`zbekiston "Stranja-2023"da 7 ta oltin medalga ega bo`ldi

Kecha, 26 fevral kuni Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo`yicha «Stranja-2023» turniri yakuniga etdi.

Boks bo`yicha O`zbekiston milliy jamoasi 74-bor tashkil etilgan ushbu musobaqada 7ta oltin, 5ta kumush va 6ta bronza, jami 18ta medal jamg`ardi. Bu natija O`zbekistonga umumjamoa hisobida 1-o`rinni taqdim etdi.

E`tiborlisi, turnirda Bahodir Jalolovga qarshi ketma-ket uch raqib jang qilishni istamadi va deyarli janglarsiz (faqat birinchi bosqichda bitta jang o`tkazgan) chempion bo`ldi.

Реклама на Unews

Natijalar:

Oltin medal: -48 kg: Shodiyorjon Meliqo`ziev; -51 kg: Hasanboy Do`smatov; -63.5 kg: Mujbillo Tursunov; -67 kg: Asadxo`ja Mo`ydinxo`jaev; -71 kg: Saidjamshid Ja`farov; -86 kg: Shohjahon Abdullaev; +92 kg: Bahodir Jalolov.

Kumush medal: -54 kg: Mirazizbek Mirzahalilov; -60 kg: Adhamjon Muhiddinov; -63.5 kg: Ruslan Abdullaev; -67 kg: Bekzod Hamidov; -48 kg: Saidaxon Rahmonova

Реклама на Unews

Bronza medal: -60 kg: Shunqor Abdurasulov; -60 kg: Dilshod Abdumurodov; -63 kg: Xadichabonu Abdullaeva; -71 kg: Nurislom Ismoilov; -75 kg: Havasbek Asadullaev; -80 kg: Jasurbek Yo`ldoshev.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring