O`zbekiston sport delegasiyasi XXIV qishki Olimpiya o`yinlarida ishtirok etadi
1733 08-01-2022 0 SportXabaringiz bor, joriy yilning 4-20-fevral kunlari Xitoyning Pekin shahrida XXIV qishki Olimpiya o`yinlari bo`lib o`tadi. Unda mamlakatimiz sport delegasiyasi ham ishtirok etishi ma`lum bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi”gi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, mamlakatimiz sportchilarining qishki Olimpiya o`yinlariga har jihatdan puxta tayyorgarlik ko`rishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi.
Ma`lumki, O`zbekistonda qish nisbatan qisqa davom etadi va yog`ingarchilik ham kam bo`ladi. Bu esa qishki sport turlari, jumladan tog` chang`isi bilan shug`ullanuvchi sportchilarimizning muntazam mashg`ulot olib borishiga to`sqinlik qiladi. Shu bois Turizm va sport vazirligi, O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi va Qishki sport turlari assosiasiyasi terma jamoa a`zolarining yil davomida xorijda o`quv-mashg`ulot yig`inlari olib borishini ta`minladi.
Реклама на Unews
Shu yil 4-20-fevral kunlari Pekinda bo`lib o`tadigan XXIV qishki Olimpiya o`yinlarida O`zbekiston sharafini hamyurtimiz Komil To`xtaev himoya qiladi. U tog` chang`i musobaqalarida ishtirok etadi.
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.