“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” unvoni ta’sis etiladi

Oliy Majlis Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ham muhokama markazida bo‘ldi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvonining ta’sis etilishi mamlakat iqtisodiyoti qudratini oshirishga har tomonlama e’tibor qaratilayotgani bilan izohlandi.

Ushbu faxriy unvon bilan, jumladan, sohada chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlashdagi munosib xizmatlari uchun geologiya, geofizika, gidrogeologiya, topografiya-geodeziya, yer osti boyliklari geologiyasi va qidiruvi tarmog‘ining geologlari va muhandis-texnik xodimlari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaxassislari mukofotlanadi.

Реклама на Unews

Mazkur Qonun qabul qilinishi munosabati bilan “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartishlar ham kiritilayotgani ma’lum qilindi. Ushbu Qonun Senat a’zolari tomonidan ma’qullandi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda qurilish materiallari bo‘yicha 867 ta, yer osti suvlarining 649 ta, uglevodorodlar (neft, gaz, kondensat)ning 244 ta, qimmatbaho metallar (oltin, kumush)ning 97 ta, rangli va nodir metallarning 12 ta, radioaktiv metallarning 38 ta, kon xomashyolarining 37 ta, kon-kimyoning 32 ta, qimmatbaho toshlarning 30 ta, ko‘mir va neft slanetsining 7 ta, qora metallarning 5 ta resursi qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, ba’zi foydali qazilmalar (oltin, uran, mis va boshqalar) zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga kiradi. Nufuzli xalqaro konsalting kompaniyalaridan biri — BCG hisob-kitoblariga ko‘ra, keyingi o‘n yil ichida mamlakatning investitsiyaviy salohiyati 65 milliard AQSH dollarini tashkil etishi kutilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring