O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun 500 million dollar miqdorida qarz oladi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonga 500 million dollar miqdorida kredit ajratadi.  Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qildi.

Mablag‘lar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining iqtisodiy oqibatlari sharoitida O‘zbekistonda bandlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

«Markaziy Osiyo pandemiyadan chiqqach, mintaqa urushning iqtisodiy talafotiga duch keldi. Bu esa ayniqsa zaif odamlarning hayotini qiyinlashtirdi», – deydi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamenti bosh direktori Evgeniy Jukov.

Реклама на Unews

Bu o‘z navbatida kam ta’minlangan uy xo‘jaliklarining xarid qobiliyatini pasaytiradi, shaxsiy iste’molni zaiflashtiradi va qashshoqlikning kuchayishiga olib keladi, deyiladi xabarda.

Bu mablag‘lar bug‘doyni import qilish va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona to‘lovlaridan ozod qilish kabi barqaror narxlarda yetarli darajada oziq-ovqat ta’minotini ta’minlashga yordam beradi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring