O‘zbekiston, narxlar: anor arzonladi, olma qimmatlashmoqda
1121 14-12-2021 0 O'zimizdaDavlat statistika qo‘mitasining iste’mol narxlari kuzatuvi ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida olmaning narxlari oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 4,2 foizga qimmatlashgan.
Yil boshidan buyon olma narxlari o‘rtacha 16 foizga qimmatlashgan.
2021-yilning 7 oyida O‘zbekiston 5 ta davlatga qiymati 4,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 8,6 ming tonna olma eksport qilgan.
Noyabr oyida anor narxlari oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,7 foizga arzonlashgan.
Anor narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 16 foizga oshgani kuzatilgan.