Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Muhammad paygʻambar (s.a.v) haqidagi karikatura bilan bogʻliq bahslarga munosabat bildirdi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fransiyada Paygʻambar alayhissalomga nisbatan hurmatsizlik koʻrsatilishi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda boshlangan bahs-munozaralar va ixtilofli holat yuzasidan munosabat bildirdi.

«Ayni shu kunlarda ayrim bosma nashrlarda, turli internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalarida Paygʻambar alayhissalomga nisbatan nomunosib, haqoratomuz karikatura chop etilishi va uning ortidan kelib chiqqan turli koʻngilsiz holatlar ayrim bahs-munozaralar, ixtilof va tushunmovchiliklar hamda notoʻgʻri xatti-harakatlarga sabab boʻlmoqda.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi moʻmin-musulmonlarning hissiyotini qoʻzgʻash, fitna chiqarish va diniy qadriyatlar, muqaddasotlarga nisbatan haqoratni ifodalovchi har qanday holatni jiddiy qoralashini hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shaʼni moʻmin-musulmonlar uchun eng oliy qadriyat ekanini qatʼiy taʼkidlaydi», deyiladi idora munosabatida.

Реклама на Unews

Shuningdek, bu kabi munosabatlar xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro totuvlikni buzishga qaratilgan fitna hamda odamlarning diniy eʼtiqodi bilan bogʻliq his-tuygʻularini haqoratlash, diniy qadriyatlarni oyoqosti qilish, millatlararo va dinlararo adovat uygʻotish, deb baholangan.

Qayd etilishicha, 23 oktyabrdan boshlab, Yaqin Sharqda Fransiya va fransuz mahsulotlarini boykot qilishga chaqiriqlar tarqalmoqda. Norozilikka Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning mamlakat soʻz erkinligi, shu jumladan, multfilmlardan voz kechmaydi degan bayonotlari sabab boʻldi. Charliye Hebdo multfilmlari oʻtgan hafta Monpele va Tuluzadagi hukumat binolarida namoyish etildi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining xulosa qilishicha, musulmon kishi hadislarda keltirilganidek, doimo hushyor, ziyrak boʻlishi, atrofda sodir boʻlayotgan har xil fitna va qaltis jarayonlarga teran nazar bilan boqishi lozim. Bunday harakatlarga nisbatan tajovuzkorona emas, balki Paygʻambar alayhissalomga xos bosiqlik va zukkolik bilan munosabat bildirish kerak.

Реклама на Unews

Avvalroq Fransiyada shogirdlariga Muhammad paygʻambarning karikaturalarini koʻrsatgan oʻqituvchining boshi kesilgani haqida xabar berilgandi.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


2 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 29-10-2020 Ziyovuddin

    Shubhasiz Alloh barchasini korib turibdi....

    Javob yozish
  2. 29-10-2020 Yusufxoji

    Barchaga assalomu alaykum varahmatullohu va barakot Uzbekistondaham fransya tavarlari uchun baycot berishini so'raymiz MUHAMMAD MUSTAFO ( S.A.V ) OTA ONAMDAN AZIZ uzbekistonham musulmon davlatku axir ul zotni ismlari uyoqda tirsin bosgan izlariga arzishmaydiku ALLOH BUYUK SIZLAR JIM TURACERINGLAR AMMO BIZLAR ENDI JIM TURMAYMIZ

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish