O‘zbekiston mehnat bozorida qaysi soha vakillariga talab yuqori?

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig‘i Temur Mahmudov ayni paytda O‘zbekiston mehnat bozorida qaysi kasb egalariga talab yuqoriligi haqida gapirdi.

«Ko‘pchilikka ma’lum, yaqinda yagona milliy mehnat tizimi ishga tushirildi. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha ish beruvchi tashkilotlar o‘zidagi bo‘sh ish o‘rinlari, xodimlari bilan tuzgan mehnat shartnomalarini shu tizimga kiritib bormoqda.

Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekiston mehnat bozorida quruvchilarga talab yuqori. Chunki pandemiya davrida ham qurilish ishlari jadal davom etmoqda. Toshkent va Samarqand shaharlarida IT-mutaxassislariga nisbatan talab katta. Tekstil korxonalar soni ko‘paygani sari tikuvchi xotin-qizlarga ham ehtiyoj ortib boryapti. Davlat tashkilotlari bo‘yicha esa xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash sohalarida tizimli vakansiyalar sezilarli ulushni tashkil etadi», — dedi Temur Mahmudov.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring