O`zbekiston harbiy xizmatchilari xorijdagi jangovar harakatlarda ishtirok etmaydi - Mudofaa vazirligi

So`nggi paytlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston harbiy xizmatchilarini xorijiy davlatlar armiyasiga yollash haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti ma`lumot berdi.

Shu munosabat bilan ma`lum qilamizki, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 125-moddasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O`zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.

Mudofaa doktrinasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ehtimol tutilgan nizolarni tinch yo`l bilan hal etish tamoyillariga asoslanadi.

Реклама на Unews

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o`xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish bo`yicha jinoiy javobgarlik  (1541) moddasi mavjud.

Yuqoridagi ma`lumotlarga asoslanib qayd etish mumkinki, O`zbekiston Respublikasi, shu jumladan O`zbekiston harbiy xizmatchilari mamlakatdan tashqaridagi harbiy harakatlarda ishtirok etmaydi. O`zbekistonda xorijiy davlatlar tomonidan harbiy xizmatga yollash boshlangani haqida tarqalgan ma`lumotlar hech qanday asosga ega emas.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring