O‘zbekiston elektr stansiyalaridagi muammolar tufayli Afg‘onistonda elektr taqchilligi yuz berdi — OAV

O‘zbekistondan Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi quvvati 300 MVtdan 400 MVtgacha oshirildi. Bu haqda Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) energetika kompaniyasi vakiliga tayanib, TOLOnewsga tayanib, "gazeta.uz" xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, so‘nggi bir necha kun ichida Qobulning aksariyat hududlari aholisi elektr taqchilligiga duch kelgan — kuniga atigi 20 daqiqa elektr energiya yetkazib berilgan.

Nashr keltirgan DABS bayonotida, O‘zbekistondagi elektr stansiyalaridagi muammolar tufayli elektr energiyasi quvvati tushib ketgani aytilgan. Kompaniya yetkazib berish quvvati oshgani sabab, elektr energiya taqchilligi qisqarishini ta’kidlagan.

Реклама на Unews

The Khaama Press agentligi O‘zbekistondan Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiya quvvati 300 MVtdan tushib ketganini qayd etgan. TOLOnews esa uzilishlarga qadar bu ko‘rsatkich 450 MVtni tashkil etganini qo‘shimcha qilgan.

O‘zbekiston Energetika vazirligi «Gazeta.uz»ga hozirgi paytda shartnomada kelishilgan elektr energiyasi quvvatining 85 foizi miqdorida yuborilayotganini tasdiqladi. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» kompaniyasi afg‘on OAVlaridagi xabarni izohlashni istashmadi.

Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni bir qator O‘zbekiston IESarida qisman o‘chishlar yuz berdi. Bu o‘z navbatida Qozog‘iston janubi hamda Qirg‘izistonning ayrim tumanlarida elektr energiyasidagi uzilishlarga olib keldi.

Реклама на Unews

2019 yilning sentyabr oyida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» kompaniyasi Da Afghanistan Breshna Sherkat energetika kompaniya bilan 10 yil mobaynida «ol va to‘la» tamoyili asosida elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha bitim imzolagan.

O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev birinchi bosqichda yetkazib berish hajmi 4,2 mlrd kVt soatni tashkil etishini, keyinchalik 6 mlrd kVt soatgacha ko‘paytirilishini ta’kidlagan edi.

Review.uz ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston elektr quvvatining asosiy qismini qo‘shni davlatlardan import qiladi. Umumiy import hajmi 2017−2018 yillarda 4,6 mlrd kVt soatdan iborat bo‘lgan. Asosiy yetkazib beruvchi O‘zbekiston hisoblanadi — 2 mlrd kVt soat, Tojikiston — 1,2 mlrd kVt soat, Eron — 724 mln kVt soat, Turkmaniston — 658,8 mln kVt soat import qilingan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring