O‘zbekiston bo‘ylab yana 17 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Samarqand viloyatida 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (6 nafari Samarqand shahridan, 4 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Oqdaryo tumanidan, 1 nafardan esa Payariq va Ishtixon tumanlaridan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 6 nafari erkak, 9 nafari ayol, eng yoshi kattasi 52 yoshda, yoshi kichigi esa 11 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 129 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 144 nafarga yetdi.

Реклама на Unews

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning biri (35 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan bo‘lib, Qozog‘istondan kelgan, ikkinchisi esa (36 yoshli erkak) Samarqand viloyatidan bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan. Ikkisi ham karantinga olingan va koronavirus infeksiyasi aniqlanishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 110 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 112 nafarga yetdi hamda ushbu hududda hozirda 8 nafar bemor davolanmoqda.

Реклама на Unews

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2158 nafarni tashkil qilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring