O`zbekiston akademik liseylariga kirish test sinovlari 22 avgust kuni bo`lib o`tadi

 2022-2023-o`quv yili uchun akademik liseylarga kirish test sinovlari 2022-yil 22 avgust kuni 1-smenada 08:00 dan 09:50 ga qadar bo`lib o`tadi. Bu haqda DTM xabar berdi.
 Ma`lum qilinishicha, test sinovlari ta`lim yo`nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo`yicha o`tkaziladi.
Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig`i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to`ldirish bilan birga 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratiladi.
Test sinovlarida to`plash mumkin bo`lgan maksimal ball – 146 ball bo`lib, ta`lim yo`nalishiga mos fanlar bo`yicha har bir tog`ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo`yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga o`quvchilarning intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlashda foydalaniladigan test spesifikasiyasi va namunaviy test topshiriqlari joylashtirilgan bo`lib, talabgorlar  sahifasi orqali ular bilan tanishishlari mumkin.

 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani litsey.edu.uz saytidan va akademik liseylardan olishlari mumkin bo`ladi.

"Talabgorlardan test sinovi o`tkaziladigan hududga 07:00 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so`raladi" deyiladi xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring