O‘zbek-turkman chegarasida otishma yuz berdi

Joriy yilning 17 sentyabrga o‘tar kechasi Turkmanistonning Farab etrapi va O‘zbekistonning Olot tumani o‘rtasidagi davlat chegarasi qismida Amu-Buxoro kanalida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar bermoqda.,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Qayd etilishicha, Milliy xavfsizlik vazirligining Lebap boshqarmasi, prokuratura, politsiya va chegara xizmati xodimlari Turkmanistonning Farab etrapi va O‘zbekistonning Olot viloyati o‘rtasidagi davlat chegarasining uchastkasida qo‘shma reyd o‘tkazganlar.

Amu-Buxoro kanalida harbiylar noma’lum shaxs rezina eshkakli qayiqda yuk olib o‘tayotganini payqaganlar. Chegara hududidagi kanal kengligi taxminan 80 metrni tashkil qiladi. Chegarachilar havoga ogohlantiruvchi o‘t ochishgan. Qarama-qarshi sohildan noma’lum kishi Turkmaniston tomonga o‘q uzgan. Kanal o‘rtasidagi qayiqda bo‘lgan bir kishi suvga sakrab, O‘zbekiston qirg‘og‘i tarafga suzib ketgan. 

Реклама на Unews

Ikkala tomondan bir nechta o‘q otilgan. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. 

Turkmaniston tomonida ikki kishi Rossiyada ishlab chiqarilgan 50 quti sigaretni noqonuniy yo‘l bilan olib o‘tayotganlikda ayblanib, hibsga olingan. 

Hibsga olingan Turkmaniston fuqarolari Milliy xavfsizlik vazirligining Turkmanoboddagi viloyat bo‘limiga olib ketilgan. Dastlabki tergov jarayonida hibsga olinganlar sigareta kontrabandasi bilan shug‘ullanganligi va bunday operatsiya birinchi marta o‘tkazilmaganligi ma’lum bo‘lgan. Hammasi bo‘lib 150 quti sigaret Turkmanistonga jo‘natilishi kerak bo‘lgan. 

Реклама на Unews

Ta’kidlanishicha, mazkur ish prokuraturaga yuboriladi. Tergovchilar sigaretalar qayerga yetkazilganligi va qaysi savdo do‘konlari orqali sotilganligini aniqlaydilar. Ayni paytda hibsga olinganlarga ikki moddada - kontrabanda va qurolli qarshilik ko‘rsatishda ayblov e’lon qilingan. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring