O`zbek kurashchilari Qozog`istonda o`tgan reyting turnirida 16 ta medalga sazovor bo`ldi

Qozog`istonning Olma-ota shahrida sport kurashlari bo`yicha reyting musobaqasi o`z yakuniga etdi. Jahon va Olimpiada chempionlarini o`zida jamlagan mazkur turnirda O`zbekiston terma jamoasi vakillari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 12 ta bronza medallarini qo`lga kiritdi. Bu O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar bermoqda.

 

Ta`kidlanishicha, terma jamoa tarkibida "klassik" kurashchi Abror Atabaev yagona oltin medalga mualliflik qilgan. Biroq musobaqada Ixtiyor Navro`zov, Bekzod Abdurahmonov kabi Olimpiada sovrindorlariga bu gal biroz omad etishmadi. 

 

Quyida shohsupaga ko`tarilganlar bilan tanishing:

Реклама на Unews

 

Yunon-rum kurashi

Oltin medal:

-67 kg: Abror Atabaev;

Реклама на Unews

Bronza medal

55 kg: Jasurbek Ortiqboev;

60 kg: Muhammadqodir Yusupov;

72 kg: Mahmud Baxshilloev;

87 kg: Jalgasbay Berdimuratov;

97 kg: Rustam Assakalov;

Ayollar kurashi

Kumush medal:

-50 kg: Jasmina Immaeva;

-55 kg: Shohida Ahmedova;

Bronza medal:

-53 kg: Aktenge Keunimjaeva;

-57 kg: Laylo Sobirova;

-65 kg: Ariuxan Jumabaeva;

Erkin kurash

Kumush medal:

-65 kg: Abbos Rahmonov;

Bronza medal:

-65 kg: Umidjon Jalolov;

-70 kg: Zafarbek Otaxonov;

-97 kg: Magomed Ibragimov;

-86 kg: Bobur Islomov.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring