O‘zbek kino va teatr san’ati og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov bugun, 29 may kuni 64 yoshida vafot etdi. Bu haqida "Qalampir.uz" nashri xabar bermoqda.

Hoshim Arslonov 1956 yilda tavallud topgan. 1977 yilda Toshkent teatr institutini tamomlagan. Bugungacha Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida faoliyat yuritgan.

Kino aktyori sifatida "Ijarachilar", "Xiyonat", "Singilginam", "So‘nggi qo‘ng‘iroq", "Fidoyilar", "Mening akam bo‘ydoq", "Qasos", "Yorim bezoriman", "Haqiqat kuni", "So‘zsiz sevgi", "Chavandoz", "Xo‘ja Nasriddin: o‘yin boshlanyapti", "Alpomish", "Marg‘iyona" kabi filmlarda rollar ijro etgan.

Реклама на Unews

Hoshim Arslonov ertaga 30 may kuni soat 11:00 da dafn etiladi.

Tahririyatimiz nomidan marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring