Ozarbayjonlik model “Yevropa goʻzali” tanlovida gʻalaba qozondi - foto

Ozarbayjonlik model Emiliya Gamidova Moskvada boʻlib oʻtgan "Miss Universe-2020" xalqaro goʻzallik tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

  Ozarbayjonlik model Emiliya Gamidova Moskvada boʻlib oʻtgan "Miss Universe-2020" xalqaro goʻzallik tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi, deb xabar qildi Sputnik Ozarbayjon. Emiliya “Miss Yevropa” unvoniga sazovor boʻldi.

Loyihada turli davlatlardan kelgan ayollar ishtirok etishdi. Gʻoliblar SMS orqali ovoz berish va hakamlar hayʼati tomonidan aniqlandi. Taqdirlash marosimi Vegas City Hall da oʻtgan yillar ishtirokchilari ishtirokida boʻlib oʻtdi.

Реклама на Unews

Gamidova Bokuda tugʻilgan. U yoshligidanoq oʻzi daromad topishni orzu qilar edi va u bunga erishdi. 14 yoshidan boshlab Gamidova model biznesida ish boshladi, koʻplab loyihalarda qatnashdi.

Ayni vaqtda Emiliya Moskva davlat madaniyat instituti aktyorlik fakultetining 4-kurs talabasi. Moda biznesidan tashqari Gamidova Rossiya seriallari va filmlarida ham rol oʻynagan.


Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring