Ozarbayjon Prezidenti o`zbekistonliklarni mukofotladi

Ozarbayjonning bosh axborot agentligi – “AzerTAJ” yozishicha, bugun mamlakat Prezidenti Ilhom Aliev bir qator hamyurtlarimizni "Dostlug" ordeni bilan mukofotlash to`g`risidagi hujjatga imzo chekdi. Bu haqda O`zA xabar qildi

 

O`zbekiston va Ozarbayjon o`rtasidagi madaniy rishtalarni mustahkamlashga munosib hissa qo`shgani munosabati bilan taqdirlanganlar orasida mamlakatimizning ko`zga ko`ringan madaniyat namoyandalari Hoshimjon Ismoilov (O`zbekiston xalq artisti, mashhur sozanda Abduhoshim Ismoilov), Nasirli Ali Geydar oglu (Toshkentdagi Ozarbayjon madaniy markazi faoli, sirdaryolik ozar shoir Ali Nosirli) hamda O`zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Kamoliddin O`rinboev qayd etilgan.

 
 

Shuningdek, “Trend” nashri O`zbekiston xalq artisti, ozar tilida o`nlab qo`shiqlarni mahorat bilan ijro etgan Nasiba Abdullaeva Ozarbayjon xalq artisti yuksak unvoniga loyiq ko`rilgani haqida xabar berdi.

Реклама на Unews

Eslatib o`tamiz, sal avval Ozarbayjonning bir guruh fuqarolari prezident farmoni asosida taqdirlangani xabar qilingan edi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring