Ozarbayjon generali va polkovnigi Armaniston bilan chegarada halok bo‘ldi

Ozarbayjon va Armaniston chegarasidagi qurolli to‘qnashuvlarda ozarbayjonlik general va polkovnik halok bo‘ldi. Bu haqda Vesti.az nashri Ozarbayjon Mudofaa vazirining o‘rinbosari Kerim Veliyevga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Vazir o‘rinbosari 13-14 iyul kunlari kechasi Tovuz tumanida ashaddiy janglar davom etgan. Ikki sutka davomida Armaniston harbiylari bilan qattiq to‘qnashuvlar bo‘lgan. Yuzlab arman harbiylari, harbiy texnika va ob’ektlar yo‘q qilingan.

Veliyev janglar natijasida Ozarbayjon ham jiddiy yo‘qotishlarga uchraganini ma’lum qildi.

Реклама на Unews

“Bugun ertalab general-mayor Po‘lat Gashimov va polkovnik Ilgar Mirzayev qahramonlarcha jangda halok bo‘ldi”, dedi Veliyev.

Ikki davlat chegarasidagi harbiy harakatlar hamon davom etyapti.

Avvalroq, Ozarbayjon Armaniston harbiylari Tovuz tumanidagi Dondar Qushchu qishlog‘ini og‘ir kalibrli qurollar va artilleriyadan o‘qqa tutganini ma’lum qilgandi.

Реклама на Unews

Keyinroq esa BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ikki tomonni ham zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring