O‘z sog‘ligingizga bee’tibor emasmisiz? Unda, siz uchun muhim bo‘lgan 10 ta ilova bilan tanishing!

Qomatingizni yaxshilash va yangi hobbilarni boshlash kabi yechimlar bilan bir qatorda o‘z sog‘ligingizga e’tiboli bo‘lishga qaror qildingizmi? Unday bo‘lsa, quyidagi 10 ilova aynan sizga yordam berishi mumkin.

1. Aloe Bud

Ushbu ilova odamlar har kuni o‘z-o‘zilariga g‘amxorlik qilib borishining kafolatchisidir. Ilova foydalanuvchiga kun davomida suv ichish, ovqatlanish kabi bir necha oddiy kundalik zaruratlarni eslatib boradi. Agar foydalanuvchi eslatmalarni to‘liq bajarmasa, ilova foydalanuvchini kichik rag‘bartlar berish yo‘li bilan uni eslatmalarni bajarish kerakligiga undaydi.

Реклама на Unews

2. Shleep

Shleep foydali ilovalardan bo‘lib, tez yoki to‘yib uxlashni xohlovchilarga juda qo‘l keladi. Ilova foydalanuvchiga bir necha savollar berib, qanchalik yaxshi uxlaganini beligalab boradi. Shuningdek, dastur saboqlar orqali foydalanuvchiga qanday qilib yaxshi uxlash kerakligini ham o‘rgatadi. Foydalanuvchi uxlash odatiga qarab, ilova ma’lum bir modulni o‘zi belgilaydi.

Реклама на Unews

3. ToDon't

O‘ta noodatiy bo‘lgan ushbu ilova foydalanuvchiga nima qilmaslik kerakligini eslatib boradi. Ya’ni ToDon't foydalanuvchi bajarishni istamaydigan odatlari, masalan, ijtimoiy tarmoqlarga kirish kabilarni bajarishdan o‘zini tiyishga yordam beradi.

4. Loosid

Ichishni kamaytirmoqchi bo‘lganlar yoki undan butunlay voz kechishni istaganlar uchun ushbu ilova juda foydali. Loosid - bu ichmaydiganlarning virtual jamiyati bo‘lib, unga a’zo bo‘lganlar doimo ichishni tashlash uchun yordam oladilar. Ushbu ilovada foydalanuvchilar do‘stlar davrsi va tanishuvlar chatiga qo‘shilishlari mumkin.

5. SmokeFree

Chekish — tashlash qiyin bo‘lgan odatlardan biri. SmokeFree ilovasi foydalanuvchiga sekin-asta ushbu odatdan voz kechishga yordam beradi. Ilova foydalanuvchilarga motivatsion iboralar, usullar, sigaretasiz o‘tgan vaqt va pulni tejash kabi maslahatlarni beradi. Bu yordam bilan foydalanuvchi o‘zida ruhiyatni oshira oladi. Misol uchun, ilovadagi oddiy maslahat: agar sigaretga sarflayotgan pulingizni yig‘sangiz, bir necha oyda yangi sumka sotib olishingiz mumkin.

6. Calm

Xavotirda yashaysizmi yoki shunchaki band kunlarni boshdan kechirasizmi, Calm ilovasi sizga kun davomida xotirjam bo‘lish uchun vaqt ajratishga yordam beradi. Ilova bezovtalik, stress, uyqu, kechirimlilik, minnatdorchilik va boshqa mavzularda yuzlab meditatsiyalarni taklif etadi. Mashg‘ulotlar 3 daqiqadan 25 daqiqagacha davom etadi. Ilovada 7 kunlik bepul sinov muddati bor va undan so‘ng yiliga 60 dollar to‘laysiz yoki bir marta va umrbodlik to‘lov 300 dollar turadi.

7. Lumosity

Agar o‘zingizni chalg‘itadigan yoki hordiq chiqarishga ko‘maklashuvchi o‘yin o‘ynamoqchi bo‘lsangiz, bu ilova aynan siz uchun bo‘lishi mumkin. Lumosity bir vaqtning o‘zida o‘yin o‘ynash, o‘rganish va aqliy qobilyatni yaxshilashga imkon beradi. Ilova jumboqlar, xotira o‘yinlari, mantiqiy masalalar, meditatsiya texnikasi va boshqalardan iborat. Undagi o‘yinlarni o‘ynayotgan vaqtingizda, o‘zingizning kuchli va zaif tomonlaringizni bilib olishingiz mumkin.

8. AnxietyHelper

Ushbu ilova foydalanuvchiga tashvish va vahimalardan qanday xalos bo‘lish kerakligini o‘rgatadi. Bu bilan foydalanuvchi o‘z tanasida nima sodir bo‘layotgani haqida ma’lumotga ega bo‘ladi. Shuningdek, ilovadan kasalik alomatlari va davolash metodlarining o‘rganish mumkin. Agar siz doimiy ravishda asabiylikni boshdan kechirsangiz, ilovadagi «vahima haqida ogohlantirish» funksiyasi sizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsata oladigan insonga xabar jo‘natadi.

9. The Day One

Kundalik tutish yo‘li bilan ma’lum vaqt davomida qanchalik o‘zgarganingiz va nimalarni bajarganingiz haqida ma’lumotga ega bo‘lib borasiz. O‘z fikr va kechinmalaringizni qog‘ozga tushirib borish terapevtik usul hisoblanadi. Kundalik tutish uchun o‘nlab ilovalar mavjud. Bu borada The Day One ilovasi
sizga ko‘maklashadi.

10. Stretch Timer

Hayotingizni o‘zgartirish uchun ko‘p mashqlarni bajarish shart emas. Kuniga bir marta tana harakatlari mashqlarini bajarish salomatligingiz va mushaklar uchun juda foydalidir. Buning afzal tomonlaridan biri jismoniy imkoniyati cheklangan yoki jarohati bor odamlar ham bajara oladilar. Stretch Timer ilovasi esa bu mashqlarni bajarib borishingizni qayd etib boradi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring