OTMlar qabul kvotalarini belgilashga oid qaror loyihasi e`lon qilindi

OTMlarga qabul kvotalarini tasdiqlash to`g`risidagi qaror loyihasi e`lon qilindi. Unda O`zbekistonda joriy yildan ilk marta masofaviy ta`lim shakli uchun ham alohida kvotalar ajratilishi belgilangan.

Qaror loyihasiga ko`ra, 2022/2023 o`quv yili uchun:

 

a) bakalavrlar tayyorlash bo`yicha:

Реклама на Unews

  • kunduzgi ta`lim shakliga —76 728 nafar;
  • sirtqi ta`lim shakliga — 27 365 nafar;
  • kechki ta`lim shakliga — 2 575 nafar;
  • masofaviy ta`lim shakliga— 3 610 nafar;
 

b) magistrlar tayyorlash bo`yicha — 11 082 nafar;

v) xorijiy oliy ta`lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta`lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo`yicha — 100 nafar kvota ajratiladi.

Qayd etilishicha, filiallar va nodavlat oliy ta`lim tashkilotlariga ajratilgan 100 nafar grantlarning buyurtmachisi sifatida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi belgilanadi.

Реклама на Unews

Shuningdek, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan OTMlarning Kuzatuv kengashlari bir hafta muddatda oliy ta`lim muassasalariga to`lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini tasdiqlaydi.

Bunda, to`lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari soni mos yo`nalishga belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlaridan kamida ikki barobar ko`p bo`ladi.

Shuningdek, loyihada magistraturada o`qiydigan xotin-qizlarning kontrakt puli qay tarzda qoplab berilishi ham nazarda tutilgan.

  • 2021/2022 o`quv yilida respublika davlat oliy ta`lim muassasalari magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, to`lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2022/2023 o`quv yili uchun;
  • 2022/2023 o`quv yilidan boshlab, respublika davlat oliy ta`lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy to`lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning o`qishi uchun kontrakt to`lovlari davlat byudjetidan qoplab boriladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring