BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O‘tgan bir kecha-kunduzda aholi orasida 50 kishida koronavirus chiqdi

Shu yilning 1-iyul kuni mamlakatimizda 278 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 218 nafari Karantin muassasalarida, 50 nafari aholi orasida (shundan 35 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Buxoro viloyatida, yana 5 nafari Sirdaryo viloyatida, 4 nafari Xorazm viloyatida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida), 10 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri. 

Avval xabar qilganimizdek, bugun yurtimiz tibbiyot muassasalarida 165 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 126 nafar, Qashqadaryo viloyatida 18 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar) sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 8781 nafar bemordan 5847 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2907 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 40311 nafar, statsionar karantinda esa 24576 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Qashqadaryoda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi Sog‘liqni saqlash vazirligi Qashqadaryoda koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida xabar berdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.  «Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi 64 yoshli S.H. shu yilning 7 iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyul tumaniga borib, 12 iyun kuni Toshkent-Qarshi tezyurar (Afrosiyob) poyezdida yashash manziliga qaytgan. Oradan uch kun o‘tib, ya’ni joriy yilning 15 iyun kuni tana harorati ko‘tarilgan va u uzoq vaqt uy sharoitida davolanib kelgan. Bemor (erkak kishi) bundan avval, oxirgi 5 yil davomida qandli diabetning og‘ir kechishi tashxisi bilan dispanser nazoratida turib, davolanib yurgan. 29 iyun kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli shifokorga kech murojaat qilgach, G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiyaga bo‘limiga ikki tomonlama o‘tkir pnevmoniya og‘ir darajasi, yurak va nafas yetishmovchiligi va qandli diabet og‘ir kechishi tashxisi bilan yotqizilgan. Mutaxassislar tomonidan standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida. O‘zbekistonda qatorasiga to‘rtinchi kun koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmoqda va endi virus qurbonlari soni 27 nafarni tashkil etmoqda. Shu vaqtgacha Toshkentda 14, Namanganda 4, Samarqandda, Surxondaryo va Jizzaxda 2tadan, Farg‘ona va Buxoroda bittadan o‘lim ro‘y bergandi. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring