Otasidan ayrilgan Habib Getjiga qarshi ringga chiqadimi?

Dominance MMA rahbari va Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdel-Aziz Abdulmanap Nurmagomedovning yaqinda vafot etgani fonida Habibning kelajagi haqida gapirdi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri. 

Abdel-Aziz 31 yoshli Nurmagomedov oilasida yuz bergan fojialarga qaramay, 2020 yilda amerikalik Jastin Getjiga qarshi jang qilishini ta’kidladi. "Habibning yuragi ezilgan, ammo otasi o‘g‘li sportda o‘z merosi uchun kurashishni davom ettirishiga umid qilgan", – dedi menejer.

2020 yilning kuzida UFC yengil vazn toifasidagi chempioni Nurmagomedov kamar uchun da’vogar – Getji bilan jang o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring