Otabek Shukurov Pirlo boshqarayotgan jamoaga o‘tdi

O‘zbekiston terma jamoasining 26 yoshli yarimhimoyachisi Otabek Shukurov Turkiyaning «Fotih Karagyumruk» jamoasi bilan 2 yillik shartnomani imzoladi.

U 2017 yildan buyon to‘p surgan Birlashgan Arab Amirliklarining «Sharja» jamoasidan erkin argent sifatida ketgan.

O‘tgan mavsumda Turkiya Superligasida 8-o‘rinni egallagan «Fotih Karagyumruk» jamoasi bosh murabbiyligiga yaqinda afsonaviy Andrea Pirlo tayinlangandi.

Реклама на Unews

Shukurov endi Pirlo qo‘li ostida to‘p suradi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring