Otabek Sattoriyga nisbatan sakkizta ayblov e’lon qilindi. Bloger ayblovlarni tan olmayapti

Jinoyat kodeksining 139 (tuhmat), 140 (haqorat qilish) va 165 (tovlamachilik) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqishga doir ochiq sud jarayoni jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudida bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi.

O‘zA xabariga ko‘ra, mazkur sud ishida bloger xususida quyidagi ayblovlar o‘qib eshittirilgan:

  • 2021-yilning 29-yanvar kuni Sherobod tumani «Qo‘rg‘on» mahallasida yashovchi tumandagi «Chinora Gul Baraka» rahbari L.To‘rayevning viloyat IIBga bergan arizasiga binoan 30-yanvar kuni viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan Otabek Sattoriyga nisbatan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada Otabek Sattoriy qiymati 5 million so‘mlik Vivo-X50 telefon apparatini arizachidan olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. 30-yanvar kuni Otabek Sattoriyga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan 220001-2021-1-sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan;
  • Otabek Sattoriy «Termizshahargaz» ta’minoti bo‘limida «Suyultirilgan gaz» xizmati boshlig‘i bo‘lib ishlovchi To‘xtamish Ko‘charovni shaharning «Guliston» mahallasiga suyultirilgan gaz ballonlarni aholiga tarqatilish holati video tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga 1,5 million so‘m berishini talab qilgan. Shuningdek, «Hududgazta’minot» Surxondaryo viloyati filiali direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlovchi O‘tkir Turdiyevni «Hududgazta’minot» Surxondaryo viloyati filialining shahar va tuman bo‘limlaridagi aholiga gaz ballonlar tarqatilishida va boshqa salbiy holatlar yuzasidan tayyorlangan videoroliklarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmaslik evaziga 10 ming dollar berishini talab qilgan;
  • «Hududgazta’minot» Denov tumani bo‘limi haydovchisi Ashur Xudoyqulovni tumanning «Shahrinav» mahallasiga suyultirilgan gaz ballonlarni aholiga tarqatish videotasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga undan 200 AQSh dollari berishni talab qilgan;
  • «Hududgazta’minot» Boysun tumani bo‘limi haydovchisi Zokirjon Xursanovni tumanning «Chilonzor» mahallasiga suyultirilgan gaz ballonlarni aholiga tarqatayotgan holat videomateriallarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga undan 200 AQSh dollari so‘ragani bo‘yicha Otabek Sattoriyga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan;
  • Otabek Sattoriy 2020 yilning iyun oyida Termiz shahar Istiqlol ko‘chasida ko‘p qavatli uylar qurilishini amalga oshirayotgan «Termiz eko ekspress loyiha» rahbari To‘lqin Shopo‘latov hamda Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyevdan, shahar hududida va qurilish sohasidagi salbiy holatlarni video tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga chiqarish bilan tahdid qilgan. Onasi X.Islomovaning nomiga rasmiylashtirilgan Termiz shahar, «Salomatlik» ko‘chasi, 1-uydagi va singlisi S.Sattoriy nomiga rasmiylashtirilgan 1 A-uylarning buzilishi natijasida to‘lab berilgan 234,8 million so‘m pullar evaziga shahar hududidan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan 2 ta (narxi 352 million so‘m bo‘lgan 2 xonali va 431 million so‘m bo‘lgan 3 xonali) xonadonni rasmiylashtirib berishni talab qilgan. «Termiz eko ekspress loyiha» tomonidan Istiqlol ko‘chasi 6-uydan 2 va 3 xonali xonadonlarni o‘zining nomiga rasmiylashtirishga erishgan;
  • Bu holatda 245,1 million so‘mni ko‘rsatilgan xonadonlar uchun MChJ hisob raqamidan tovlamachilik yo‘li bilan to‘lov qildirgan hamda shartnomada ko‘rsatilmagan 304 million so‘m pullarni (jami 549,1 million so‘m) esa shahar hokimi I.Xudoyberdiyev to‘lashiga majbur qilgan. Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyat IIB Tergov boshqarmasi tomonidan Otabek Sattoriyga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi «a» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan;
  • Termiz shahrida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali kadrlar bo‘limi boshlig‘i Mastona Ahmedova bilan avvaldan ziddiyatda bo‘lib kelgan, Sabohat Ravshanova orqali Mastona Ahmedovaga nisbatan sharmanda qiluvchi soxta hamda asossiz ma’lumotlar asosida videomaterial tayyorlagan;
  • Davlat xizmatlari agentligi Denov tumani Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish bo‘limi xodimi Nasiba Narboyeva bilan avvaldan ziddiyatda bo‘lib vaqtincha ishsiz, Saodat Vohidova orqali Nasiba Narboyevaning o‘z xizmat burchini bajarish bilan bog‘liq vaziyatda uni pora olganlikda ayblagan. Tuhmat va haqoratdan iborat bo‘lgan videoroliklar tayyorlab, ularni Telegram messenjeri va Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Xalq fikri» guruh va kanallariga joylangan holati yuzasidan 24-fevral kuni Otabek Sattoriyga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat qilish) 3-qismi «a» va «g» bandlari va 140-moddasi (haqorat qilish)3-qismi «a» bandi bilan qo‘shimcha ayblovlar kiritilgan.

Xabar qilinishicha, Otabek Sattoriy o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni tan olmagan.

Реклама на Unews

Ochiq sudda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan blogerlar, taraflarning advokatlari ham ishtirok etgan. Sud majlisida dastlab taraflarning shaxsi aniqlanib, ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilgan. Ayblov xulosasi o‘qib eshittirilgan. Sud ishida jabrlanuvchilar tinglangan.

Ta’kidlanishicha, «Eurasianet.org»ning Markaziy Osiyo bo‘yicha muharriri Piter Leonard ham sud ishini bevosita kuzatib, ijobiy fikr bildirgan.

Sud jarayonida jurnalist va blogerlarga texnik vositalardan bemalol foydalanishga ruxsat berilgan.

Реклама на Unews

Sud ishi 2021-yilning 17-mart kuni davom ettirilishi ma’lum qilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring