Oshqozon yarasini davolashda ishlatiladigan dori COVID-19 muolajasida foyda berdi

Oshqozon yarasi va bakterial infeksiyalarni davolashda ishlatiladigan mikroblarga qarshi preparat COVID-19 bilan og‘rigan bemorlar muolajasida ham yaxshi ta’sir kuchiga ega ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda gonkonglik olimlar o‘tkazgan tadqiqotlar xulosasiga tayanib, MedicalXpress xabar bergan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ranitidin vismut sitratining (RVC) xususiyatlari og‘maxonlarda sinab ko‘rildi.

Qayd etilishicha, tadqiqot natijalariga ko‘ra koronavirusga chalingan kemiruvchilar o‘pkasidagi virus yuklamasi ming martadan oshiqroqqa kamaygan. Bundan tashqari preparat ahvoli COVID-19 og‘ir kechayotgan og‘maxonlarda zararlanishga qarshi sitokinlar va xemokinlar darajasini kamaytirgan.

Реклама на Unews

Olimlar RVCni remdesivir va boshqa potensial dorilar bilan taqqoslaganda selektivlik yuqori, indeksi past sitotoksiklikka ega ekanini ta’kidlagan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring