BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Ortiqxo‘jayev o‘z davrida Toshkent iqtisodiyoti 2 baravar o‘sganini aytdi. Aslida ham shundaymi?

Joriy yilning, 2 iyun kuni, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Amerikaning Crow Holdings kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Ortiqxo‘jayev so‘nggi 3 yilda, ya’ni o‘zining hokimlik davrida poytaxt iqtisodi 2 baravar o‘sganini aytib o‘tdi.

“Toshkent shahar hokimi amerikalik tadbirkor va olimlarni poytaxtimizda ko‘rib turganidan xursandligini bildirib, mehmonlarga Toshkentning so‘nggi yillardagi yutuqlari, salohiyat va imkoniyati haqida ma’lumot berdi. Jumladan, shahar iqtisodiyoti oxirgi 3 yilda ikki barobar yuksalganini alohida qayd etib o‘tdi, deyiladi hokimlik xabarida.

Shu bilan birga hokim oxirgi 3 yilda poyaxtda 22 ta yer usti hamda 4 ta yer osti metro bekatlari qurilgani, ayni paytda ta’limni rivojlantirishga, jumladan, xususiy ta’limning hissasini oshirishga ham katta e’tibor qaratilayotganligini, fizika, matematika, kimyo, biologiya, geografiya fanlari qatori ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilari uchun hokim stipendiyasi va mukofot puli joriy qilinganini ta’kidlagan.

Ammo hokim 3 yillik faoliyati haqida ma’lumot berib, raqamlarni oshirib yuborgani ayon bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrining yalpi hududiy mahsuloti 2018 yilda 64,5 trillion so‘mni tashkil etgan (o‘sish – 11,1 foiz), 2019 yilda 86,1 trillion so‘m (o‘sish 8,4 foiz), 2020 yilda esa 97,5 trillion so‘m (o‘sish 1,8 foiz). Statistik ma’lumotlar poytaxt YAHMning o‘sishi sur’ati 3 yilda 22,6 foizni tashkil etganini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, Toshkentda so‘nggi 3 yilda Ortiqxo‘jayev aytganidek, 22 ta yer usti hamda 4 ta yer osti metro bekatlari qurilmagan. Poytaxtda bu vaqt oralig‘ida 12 ta yerosti va 2 ta yerusti metro bekatlari qurildi. Hokim metro qurilishiga doir ma’lumotlarni qariyb 2 baravar oshirib yuborgan.

Toshkentshahar hokimligi statistik ma’lumotlarning oshirib aytilgani bo‘yicha hozircha hech qanday rasmiy ma’lumot bermadi.

Ma’lumot uchun, Jahongir Ortiqxo‘jayev 2018 yil 26 aprel kuni Toshkent shahar hokimi etib tayinlangan. QALAMPIR.UZ'da Ortiqxo‘jayevning 3 yillik faoliyatiga dori maqola e’lon qilingandi.

Prezident tomonidan yangi qonun imzolandi «O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–692-son, 04.06.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.  Qonunga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq davlat fuqaroligiga ega chet el fuqarolari qaysi davlat fuqaroligiga mansubligi to‘g‘risidagi hujjatlar bo‘yicha O‘zbekistonga kirgan bo‘lsa, O‘zbekistonda o‘sha davlatning fuqarolari hisoblanadi. O‘zbekistondagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. O‘zbekistonda doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga – ular 16 yoshga to‘lganida yoki ota-onasining, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra – bola tug‘ilgan paytidan e’tiboran va 16 yoshga to‘lguniga qadar identifikatsiyalovchi karta beriladi. Identifikatsiyalovchi karta quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi: - yangi tug‘ilgan bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2 yilga;- bir yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga – 5 yilga;- 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga – 5 yilga;- 60 yoshdan oshgan shaxslarga – 10 yilga. Qonunga ko‘ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar: ● O‘zbekiston hududi bo‘ylab erkin harakatlanish huquqiga ega;● O‘zbekiston hududida O‘zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda mulk huquqidan foydalanadi;● nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, ishtirokchilari (a’zolari) bo‘lishi mumkin;● davlat organlariga, tashkilotlarga hamda ularning mansabdor shaxslariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega;● davlat xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega;● soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga ega. 18 yoshgacha bo‘lgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekistonda turish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 05-06-2021 cayot

    Ikki barava o'sadide tashkent sitiga kirishgayam pul to'lab kirilganidan keyin 🤨🤨🤨

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish