Orol dengizi tubidan qadimiy maqbara topildi! U kimlarga tegishli bo'lgan?

Sayyoramizda ko‘plab ekologik ofatlar bo‘lgan. XX asrda Orol dengizining qurishi haqli ravishda eng katta ofatlardan biri hisoblanadi. Sovet muhandislarining noto‘g‘ri hisob-kitoblari, paxta dalalarini ko‘paytirish Orol dengizining asta-sekin sayozlashishiga va qurishiga olib keldi. Hozir sobiq dengizdan deyarli hech narsa qolmagan.

Biroq bu fojia ortidan arxeologlar o‘rganish uchun ko‘plab yangi hududlar ochildi. Ushbu maqolada biz sobiq Orol dengizining tubida topilgan g‘ayrioddiy maqbara haqida xabar beramiz. 

Orol-Asar - XIV asrning oxirida Orol dengizi tomonidan g‘arq etilgan joy. Ushbu joyni qazish paytida, Qozog‘iston hududida Kerderi deb nomlangan maqbara topilgan.

Реклама на Unews

Tadqiqot boshlanishidan oldin u balandligi 1,6 metr bo‘lgan g‘ishtlar tartibsiz sochilib yotgan tepalik edi. Tadqiqotchilar qadimgi, bir paytlar balandligi kamida 2 metr bo‘lgan, devorlari pishgan g‘ishtlardan qurilgan va tosh plitalardan yasalgan nihoyatda ulkan poydevorga duch kelishgan.

Umuman olganda, maqbaraning tuzilishi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun g‘ayrioddiy, g‘alati tuyuladi, ammo bularning barchasiga mantiqiy javoblar bor. Masalan, juda qalin poydevorlar, mahalliy tuproq juda beqaror va loyli bo‘lganligi bilan bog‘liq. Ushbu binoning devorlari ham hayratlanarli - eng ingichka joyining qalinligi bir metrga teng.

Maqbara dunyo tomonlariga yo‘naltirilgan va to‘rtburchak shaklga ega bo‘lgan. Uning devorlarining janubi-g‘arbiy qismi balandligi olti qatorli g‘ishtdan iborat bo‘lib, o‘sha qismida kirish joyi ham bo‘lgan.

Реклама на Unews

Maqbaraning pastki qismi turli xil naqshlar bilan bezatilgan turli xil plitkalar bilan qoplangan: geometrik, gullar, epigrafiya va ba’zi joylarda arab alifbosida zarhal yozuvlar saqlanib qolgan. Bu aholining Islom diniga e’tiqod qilganidan darak beradi.

Mahalliy dafn zallari go‘rxona deb nomlangan, ular ikki qismga bo‘lingan va ularda ayollar, bolalar va erkaklar ko‘milgan. Olimlar jami yettita sag‘ana topganlar, ularning hammasi XIV asr oxirlariga tegishli. Ajablanarlisi shundaki, katta plitalar bilan qoplangan asosiy qabr bo‘sh ekan.

Bir paytlar quruqlik bo‘lib, odamlarga qabriston vazifasini o‘tagan yerni suv bosib, asrlar o‘tib yana asl holiga qaytganining guvohi bo‘lyapmiz.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring