Original AirPods'ni soxtasidan qanday farqlash mumkin?

Apple AirPods Pro simsiz quloqchini taqdim qilinishi bilan ko‘pchilikning ushbu gadjetga bo‘lgan qiziqishi oshdi. Faol shovqinni kamaytirish funksiyasi qo‘shilgani esa tovush sifatini yanada oshirdi. Ammo sotuvda arzon va soxta AirPods Pro'lar ham kam emas. Narxidan boshqa qaysi jihatga qarab, AirPods Pro'ning haqiqiy Apple mahsuloti ekanligini qanday bilib olish mumkin? Soxta AirPods Pro'ni qanday aniqlasa bo‘ladi? Quyida sizni qiziqtirgan ushbu savollarga javob beramiz.

Orginal AirPods Pro'lar maxsus yaratilgan Apple H1 chipiga ega bo‘lsa, klon AirPods Pro'lar Qualcomm'ning simsiz naushniklar uchun chiqarilgan QCC sxemasi va shovqinni kamaytiruvchi chipida ishlaydi. Shu sababdan ham, soxta AirPods Pro tashqi ko‘rinishi va funksiyasi jihatidan original mahsulotga deyarli o‘xshash. Biroq har ikki quloqchinni bir-biridan farqlash usullari bor.

Pop-ap oynasidan bilib oling

Реклама на Unews

Avvalo, AirPods Pro'ingiz haqiqiy yoki soxtaligini bilish uchun iOS tizimingiz 13 versiyadan yuqori bo‘lishi kerak. Quloqchinning zaryadlagich qutisi qopqog‘ini ochganingizda soxta AirPods Pro zaryadi faqat yoki 50%, yoki 100% bo‘lib ko‘rinadi.

Original naushnikda esa o‘ng va chap quloqchinlar va zaryadlash qutisining haqiqiy zaryad miqdori ko‘rsatiladi.

Afsuski, hozirda mavjud ba’zi yuqori darajada imitatsiya qilingan AirPods Pro'lar ham original naushnikniki bilan bir xil pop-ap oynani ko‘rsata oladi. Shuning uchun, naushnikni ulayotganingizda ochiladigan pop-ap oynani qo‘lingizdagi mahsulot original yoki soxtaligini tasdiqlashga asos qilib olish har doim ham to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Реклама на Unews

Endi, zaryadlash qutisidan bitta nasuhnikni oling, ikkinchisi esa zaryadda tursin. Shunda, haqiqiy AirPods Pro'da ulanish pop-ap oynasi quyidagicha o‘zgaradi:

Yuqoridagi rasmda chap quloqchin hali ham zaryadlash qutisida bo‘lgani uchun akkumulyator foizi yonida chaqmoq ikonkasi turibdi. O‘ng quloqchin zaryadlanmayotgani uchun esa unda faqat zaryad foizi ko‘rsatilyapti — chaqmoq rasmi yo‘q. Apple'ning W1 va H1 chiplari quloqchinning istalgan tomonidan asosiy qurilma sifatida foydalanish imkonini bergani bois hozirgi misolda o‘ng quloqchinni alohida ishlatishingiz mumkin bo‘ladi. Haqiqiy naushnikda 10 daqiqa qo‘shiq tinglasangiz, zaryad miqdori keskin kamayib ketadi. Klonlarda esa zaryad 90% dan ko‘p qilib ko‘rsatiladi.

Seriya raqamidan foydalaning

Original AirPods Pro'larga apdeytlar keladi, klonlarga esa yo‘q.

Naushnigingiz haqiqiyligini bilish uchun uning seriya raqamidan foydalansangiz ham bo‘ladi. Buning uchun:

•1. iPhone'dan Sozlamalar > Umumiy > Haqida > AirPods Pro'ga o‘ting.
•2. AirPods zaryadlash qutisini bir marta o‘chirib-yoqing. Shunda, SEID xabari ostida AirPods menyusi paydo bo‘ladi.
•3. Menyuga o‘tib, naushnikning seriya raqamini ko‘ring va buni AirPods Pro karobkasida yozilgan seriya raqami bilan taqqoslang.
•4. Zaryadlash qutisi qopqog‘ining chap tomonidagi seriya raqamini ko‘ring.

 

Har uchala seriya raqami bir xil bo‘lsa, demak, sizda original naushnik bor. Agar raqamlar turlicha bo‘lsa, demak klondan foydalanyapsiz.

Ikki juft AirPods'ni bir vaqtning o‘zida ulab ko‘ring

Hammamizga ma’lum, iOS 13'da ishlovchi iPhone'ga bir vaqtning o‘zida ikki juft (ya’ni to‘rt dona) AirPods'ni ulash mumkin (umumiy audio ulanishi). Ayni damda, bu funksiya faqat original AirPods va Beats quloqchinlari bilangina ishlaydi. Agar ikki juft AirPods'ni iPhone'ingizga teng ulay olmasangiz, soxta AirPods'ga duch kelganingizni tushunarvering.

Xulosa

Yuqorida keltirilgan usullar sizga foyda beradi, deb umid qilamiz. Agar 250 dollarga original AirPods Pro sotib olmoqchi bo‘lsangiz, xaridni ishonchli do‘konlardan, masalan, Apple'ning o‘zidan amalga oshiring. Agar quloqchin uchun buncha xarajat qilishni xohlamasangiz, klon AirPods Pro ham sizni qoniqtirishi mumkin. Asosiysi, originalining narxiga soxta naushnik sotib olmasangiz bo‘lgani!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring