O`qituvchilarga direktor jamg`armasidan beriladigan to`lovlar qisqartirilishi mumkin

Moliya vazirligi tomonidan “2021 yil uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to`g`risida”gi Qonunda ta`lim muassasalari xodimlariga to`lanadigan qo`shimcha to`lovlarni qisqartirish taklif etildi. 

Bu haqda Hisob palatasining Qonuni loyihasi va 2021 yil uchun Byudjetnoma bo`yicha xulosasida aytib o`tilgan.

    • 3. Ўзбекистон Республикасининг 2021-2023 йилларга мўлжалланган
      фискал стратегиясининг иш ҳақи ва бошқа тўловлар бўйича бюджет
      сиёсатида:
      - таълим муассасаларидан ташқари бюджет ташкилотларида моддий
      рағбатлантириш жамғармасидан тўловларни 5 фоиз (ҳисобий 0,8 трлн.сўм)
      бандга;
      - таълим муассасаларида ишловчи ходимларга директор жамғармасидан
      тўланувчи тўловларни 4 фоиз (ҳисобий 1 трлн.сўм) бандга қисқартириш
      таклиф қилинган.
      2020 йилда бюджет муассасаларида ишловчи ходимларнинг иш ҳақини
      индексацияси инфляция даражасидан (кутилаётган инфляция миқдори
      11,5 фоиз) паст миқдорда бўлганлиги ҳамда уларнинг реал даромадлари
      камида 10 фоизга камайганлиги инобатга олиб, юқоридаги
      қисқартиришларни амалга оширмаслик лозим.
      Бунда, давлат ҳокимияти ва бошқаруви органларининг штат
      бирликларини 10 фоизга қисқартириш натижасида мақбуллаштириладиган
      550 млрд сўм ва давлат мақсадли жамғармаларига эҳтиёжга нисбатан ортиқча
      берилаётган 1 311,4 млрд сўм бюджет трансфертларини бюджет
      ташкилотлари ходимларини моддий рағбатлантириш жамғармасига
      йўналтириш мақсадга мувофиқ.

Loyihaga Moliya vazirligi tomonidan kiritilgan  O`zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo`ljallangan fiskal strategiyasining ish haqi va boshqa to`lovlar bo`yicha byudjet siyosatida:  

Реклама на Unews

- ta`lim muassasalaridan tashqari byudjet tashkilotlarida moddiy rag`batlantirish jamg`armasidan to`lovlarni 5 foizga;  

- ta`lim muassasalarida ishlovchi xodimlarga direktor jamg`armasidan to`lanuvchi to`lovlarni 4 foizga qisqartirish taklif qilingan.  

Eslatib o`tamiz, Prezident o`qituvchilar oyligini 1000 dollarga etkazish haqida va`da bergan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 18-11-2020 Azamat

    Boshqa kasb egalarini masalan quruvchilarga oylik bermaslik kerak shunoq ham soqqani qilib yotibdi.Gailar uchaskavoylar sudyalar institut domlalari shifokarlar katta balnitsada ishlaydiganlari ham soqqani qilib yotibdi kelib kelib hechqanday tushum uo'q oylikdan boshqa.O'qituvchini mulofot pullari ko'p ko'rildimi ularni rag'batlantirish o'rniga shni loyiq ko'rdinglarmi.Direktor jamg'armasi yaxshi ishlagan pedagogga beriladi.E qoyil ta'limni sifatini so'raysizlar.

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish