O`qituvchilar uchun qo`shimcha ustama to`lamoqchi

Farg`ona viloyatida o`qituvchilar uchun mavjud ustamalarga qo`shimcha ravishda viloyat hokimligining maxsus ustamasi joriy etiladi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg`ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va 2022 yil uchun belgilangan eng ustuvor yo`nalishlarga bag`ishlangan Murojaatnomasida bu haqda ma`lum qildi

“Maktab dasturiga kiritilgan har bir fan bo`yicha eng yaxshi ko`rsatkichlarga erishgan o`qituvchilar uchun mavjud ustamalarga qo`shimcha ravishda viloyat hokimligining maxsus ustamasi joriy etiladi",-deydi viloyat hokimi.

Реклама на Unews

Qayd etilishicha, bu ustama bir o`quv yili davomida to`lab boriladi, uning talablari hamda nizomi ishlab chiqilib, barcha pedagoglarga etkaziladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring