Oq uy yonidagi 20 mingta stul nega bo‘sh?

Vashingtondagi Oq uy yonida joylashgan Prezident janubiy bog‘iga 20 mingta stul keltirib joylashtirilgani haqida «Washingtonian» xabar berdi, deb yozmoqda "Xabar.uz.uz" nashri. 

Ma’lum bo‘lishicha, bu xotira aksiyasi bo‘lib, stullarni asosan kovid qurbonlari va shu virus bilan kasallanganlarning qarindoshlaridan tashkil topgan «Covid Survivors for Change» guruhi a’zolari o‘rnatib chiqishgan. Har bir stul koronavirusdan vafot etgan 10 nafar amerikalikni anglatadi.

«Barchamiz xavf ostidamiz. Hech kim pandemiyadan kafolatlanmagan. Inqiroz hali tugagani yo‘q», — deyishmoqda tashkilotchilar.

Реклама на Unews

Ular hukumatdan xavfsizlik va tiklanish bo‘yicha milliy rejaga ko‘proq e’tibor qaratishni talab qilishmoqda.

Ma’lumot uchun: 5-oktyabr tongiga kelib oxirgi 24 soatda jahon bo‘yicha 249 546 nafar yangi bemor aniqlandi. Pandemiya davrida qayd etilgan kasallanishlar jami soni 35 398 976 taga yetdi.

AQShda kovidga chalinganlar soni 7,6 million nafardan oshdi, mamlakat prezidenti Donald Tramp ham ular qatorida. Pandemiya davrida AQSh bergan qurbonlar soni 214 ming nafardan ziyod.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring