Oq uy: Rossiya bilan muzokaralar qarorini Kiyev qabul qilishi kerak

Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan muzokara o‘tkazishga faqat Ukraina qaror qilishi mumkin, deb hisoblaydi Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer.

“Biz aniq aytdikki, buni Ukraina hal qilishi, prezident Zelenskiy qaror qilishi kerak”, — deya Jan-Pyerning brifingda so‘zlaridan iqtibos keltirgan TASS.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning vazifasi - Ukraina o‘ziga kerak bo‘lgan narsaga ega bo‘lishini ta’minlash.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring