Onlayn dars Telegram guruhiga porno video tashlagan o‘quvchilar javobgarlikka tortildi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida onlayn dars uchun ochilgan Telegram guruhiga pornografik video va fotolar tashlagan o‘quvchilar javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Postda” nashrida xabar berildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Mazkur holat bo‘yicha Shahrisabz tumani XTBga qarashli maktab o‘qituvchisi X.D. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat etgan. Unda o‘ziga tegishli bo‘lgan telefon apparatidan o‘quvchilarini o‘qitish maqsadida Telegram’da alohida guruh ochgani, ushbu guruhda o‘quvchilarga kunlik dars vazifalarini berib, onlayn o‘quv jarayonini olib borgani, biroq 5 sentyabr kuni guruhga ulangan telefon raqamidan turli pornografik video va foto materaiallar tashlanganligini ma’lum qilgan. 

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganida, tumanning “Oqoltin” MFYda yashovchi fuqaro J.A. ushbu guruhda jiyani bir necha oy oldin uning qo‘l telefon apparatidan foydalanib o‘qigani, shundan so‘ng telefonida ushbu guruh saqlanib qolgani va haqiqatan ham pornografik mazmundagi video lavha hamda foto suratlarni tashlagani ma’lum bo‘ldi. 

Реклама на Unews

Bundan tashqari, onlayn tarzda o‘qib kelayotgan o‘quvchilar B.M., R.A. hamda F.J. ham guruhga turli xil pornografik video va foto materiallar tashlagani aniqlangan.

Bilib-bilmay qilgan xatti-harakati uchun fuqaro J.A. hamda boshqalarga nisbatan to‘plangan hujjatlar ma’muriy ishlar bo‘yicha Shahrisabz tuman sudiga yuborilib, tegishli chora ko‘rildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


3 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 21-10-2020 Dondi

    Ана санга савия ана санга маданият ана санга тарбия...

    Javob yozish
  2. 15-10-2020 Shakhrizoda

    Bu juda yomon

    Javob yozish
  3. 15-10-2020 Shakhrizoda

    Bu juda yomon

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish