OnePlus 8 Pro telefon kamerasi plastik ortidagi narsalarni ham ko‘rsatadi (video)

OnePlus 8 Pro telefoni foydalanuvchilari qurilmaning kamerasi yupqa plastik ortidagi narsalarni ko‘rsatishga qodirligini payqadi, deb yozadi Meduza.
Ushbu funksiyadan foydalanish uchun smartfonning kamerasini yoqib, infraqizil nurlanishni qayd etuvchi fotoxrom filtrga o‘tilsa, kifoya. Ushbu xususiyatga Reddit foydalanuvchilari hamda latviyalik texnobloger Ben Geskin e’tibor qaratdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Geskin kamerani Apple TV pristavkasi va Oculus Quest VR-shlemida sinab ko‘rdi.
«OnePlus 8 Pro smartfoni kamerasining fotoxrom filtri ayrim plastik buyumlar ichidagi narsalarni ko‘rsatadi. Mana bu Oculus Quest’da qanday ko‘rinadi».

  

Реклама на Unews

 
«Mana eng yaxshi misollardan biri. OnePlus 8 Pro smartfoni kamerasining fotoxrom filtri ayrim plastik buyumlar ichidagi narsalarni ko‘rsatadi».

 

Реклама на Unews

 

Ayrimlar pult tarkibini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi.

Kameraning plastik buyumlar ichidagi narsalarni ko‘rsatish xususiyati kiyimlarga nisbatan ishlamasligi kerak, aslida. Biroq AndroidPIT texnologik nashri jurnalistlari qora futbolka ichiga yashirilgan qog‘ozni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

 Посмотреть изображение в Твиттере

Mirzo Ulug‘bek tumanida karantin cheklovlariga amal qilish bo‘yicha nazorat kuchaytirildi

Tezkor! Rossiya koronavirus epidemiyasini to‘xtatganligini ma’lum qildi

Britaniyaning Sonantic startapi sun’iy intellektni yig‘lashga va xo‘rsinishga o‘rgatdi!

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring