«Onamga dori uchun pul kerak» — firibgarlik bo‘yicha sud hukm chiqardi

Shu yilning 23-sentyabr kuni Yakkasaroy tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudida bo‘lib o‘tgan sud jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bilan jinoyat sodir etishda ayblanib, muqaddam sudlangan 24 yoshli Davlatbek Ye.ga hukm chiqarildi. 

Toshkent shahar IIBB xabar berishicha, dastlabki tergov davomida Yakkasaroy tumani IIO FMB 4-sonli IIB TB katta tergovchisi katta leytenant Farrux Nazarov Davlatbekning jinoyatga aloqadorligi to‘g‘risida inkor etib bo‘lmaydigan dalillarni yig‘gan. Jinoyat ishida olti nafar jabrlanuvchi va bitta guvoh ishtirok etmoqda. Firibgar tomonidan uning jabrlanuvchilarga yetkazilgan umumiy zarar 5 million so‘mdan oshgan.

Qayd etilishicha, firibgar o‘tib ketayotgan mashinalarni to‘xtatib, haydovchilardan uyga kelgandan keyin pulni qaytarib berishga va’da berib, dorixonada onasiga dori sotib olish uchun qarzga pul so‘ragan. Shu tarzda ishonuvchan odamlarning mablag‘larini o‘zlashtirish bilan shug‘ullangan.

Реклама на Unews

28-iyun kuni taxminan soat 12:00 da, Davlatbek 54 yoshli Furqatbek I. ning mashinasiga o‘tirganida, unga 600 ming so‘m juda zarurligini aytgan. Davlatbekka ishongan haydovchi unga pul berishga rozi bo‘ladi. U esa pulni to‘liq qaytarib berishni va uyga qaytgach, yo‘l haqini ham to‘lashini va’da qilgan. Pulni olgach esa yigit voqea joyidan qochib ketgan.

Boshqa holatda 40 yoshli Po‘lat Z. firibgarning kasal onasi haqidagi hikoyalariga ishongan. Po‘lat tergovchiga 1 iyul kuni o‘z mashinasida begona odamni manzilga olib borib qo‘yish uchun mindirganini ma’lum qildi. Yakkasaroy tumanidagi Sh. Rustaveli va Bobur ko‘chalari kesishmasiga yetib borgan yigit, dorixonada onasiga dori sotib olish uchun haydovchidan 100 AQSh dollari miqdorida qarz so‘radi va uyga kelgandan keyin pulni qaytarib berishni va’da qildi. Po‘lat, unga ishonib 700.000 so‘m beradi. Yigit dorixonaga borib, 50 000 so‘mga dori sotib oldi va keyinroq ma’lum bo‘lishicha, ko‘p qavatli uyning kirish eshigidan kirib, uyning orqa tarafidan chiqib, g‘oyib bo‘lgan.

Jabrlanuvchilarning har biri firibgarning hiyla-nayrangiga tushib qolganlarini anglab, ichki ishlar organlariga murojaat qilishdi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud jarayoni ham bo‘lib o‘tdi, unda Davlatbek Ye. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismining «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud hukmi bilan unga ish haqining 20 foizini davlat foydasiga ushlab qolish bilan ikki yil yetti oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Реклама на Unews

«Hurmatli hamshaharlar va poytaxt mehmonlari! Sizdan iltimos, haddan tashqari ishonuvchan bo‘lmang va sizga yurakni ezuvchi hikoyalarni bayon qiluvchi begonalarga pul berishga shoshilmang», deyiladi xabarda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring