O`n ming o`zbekistonlik Rossiyaga ishga jalb qilinadi

Shu paytgacha Rossiya federasiyasiga ishga boruvchi fuqarolar patent hujjatini olishi uchun o`sha mamlakatda besh xil turdagi tibbiy ko`rikdan o`tishi, hamda barmoq izini ichki ishlar bazasiga kiritish uchun 1 oygacha bo`lgan muddat talab qilinar edi. 

Rossiyalik hamkorlar bilan o`tkazilgan qator uchrashuv va muzokaralar natijasida shu kabi ishlar endilikda O`zbekistonda amalga oshirilib, ishchilar tayyor holatda Rossiya mehnat bozoriga kirib boradigan bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma`lum qilishicha, ikki mamlakat o`rtasida tegishli vazirlik va idoralar mas`ul vakillari ishtirokida fuqarolarni tashkiliy tarzda ishga joylashtirish, mehnat migrantlari sog`lig`ini muhofaza qilish, ichki ishlar organlari vakolatiga tegishli masalalarga bag`ishlangan muhokamalar olib borildi. Bu haqda Zamon.uz nashri ma`lum qildi.

Xususan, Rossiya Federasiyasi mehnat migrasiyasi bo`yicha delegasiyasining 10-11 sentyabr kunlari mamlakatimizga amalga oshirgan tashrifi yakunlari bo`yicha quyidagilarga erishilgan:

Реклама на Unews

1. Qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federasiyasiga jalb qilish bo`yicha pilot loyiha doirasida 10 ming mehnat migranti yaqin vaqt davomida soddalashtirilgan tartib asosida Rossiyaga ishga jalb qilinadi.

Nomzodlarni ishga jalb qilish bilan bog`liq, jumladan, tibbiy ko`rikdan o`tkazish, emlash, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo`yicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanishi ko`zda tutilmoqda.

2. Rossiya Federasiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan fuqarolarni emlash va koronavirusga qarshi test topshirish jarayonlari, ikki davlat mutaxassislari tomonidan Rossiya tomoni tibbiy uskunalari yordamida birgalikda O`zbekistonda amalga oshiriladi. Natijalar bo`yicha tibbiy ma`lumotlar "SOVID-19siz sayohat" ilovasi tizimiga joylashtiriladi.

Реклама на Unews

3. Rossiya Federasiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan fuqarolar uchun patent olishda talab etiladigan daktiloskopik ro`yxatga va rasmga olish jarayonlarini ikki davlat Ichki ishlar vazirliklari tomonidan Rossiya tomoni uskunalari yordamida O`zbekistonda amalga oshirishga kelishib olingan.

Vazirlikning ta`kidlashicha, ikki davlat o`rtasida mehnat migrasiyasi sohasida erishilgan ushbu kelishuvlar Rossiya federasiyasida ishlash istagida bo`lgan ko`plab yurtdoshlarimiz uchun qo`shimcha imkoniyatlar yaratib, fuqarolarning vaqti va xarajatlari qisqarishiga olib keladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring