"Omicron"ning yuzalarda yashash qobiliyati baholandi

Vaqt o`tishi bilan"Omicron"ning turli sirtlarga yuqish qobiliyati pasayadi, u keramik buyumlarda  faol bo`lmaydi, deb xabar berdi RIA Novosti manbalarga tayanib.

"Omicron"ning yuqumlilik darajasini baholash uchun rossiyalik olimlar virusning metall, plastmassa, keramik plitkalar va distillangan suvda bir xil nisbiy namlik (30-40%)da, 26-28 haroratda yashab qolish darajasi bo`yicha  tajribalar o`tkazdilar.

Aniqlanishicha, virus keramikada  faolsiz bo`ladi.  U 24 soatdan kamroq vaqt ichida aniqlanmaydi.

Реклама на Unews

Olimlarning ta`kidlashicha, tashqi muhitda vaqt o`tishi bilan virusni yuqtirish qobiliyati pasayadi.

"Umuman olganda, "omicron" yuqtirish darajasining pasayish dinamikasi koronavirusning boshqa shtammlaridan farq qilmadi, shuning uchun dezinfeksiyalash vositalaridan foydalanish uni oldini olish uchun samarali usuli bo`lib qolmoqda", -deya ta`kidlab o`tiladi.

Mutaxassislarning fikriga ko`ra, mazkur virus allaqachon kasal bo`lgan yoki emlanganlarga yuqishi mumkin. Unda dastlabki alomatlar kuchli charchoq, bosh og`rig`i va hatto tana og`rig`igacha.

Реклама на Unews

Eslatib o`tamiz, "omicron" 100 dan ortiq mamlakatlarda, shu jumladan O`zbekistonda ham aniqlangan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring