Omadsiz JChdan so‘ng O‘zbekiston AIBA bayrog‘ini qabul qilib oldi

25 oktyabr – 6 noyabr kunlari Serbiya poytaxti Belgrad shahrida o‘tgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan delegatsiyamiz Toshkentga qaytib keldi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida Abdumalik Xalakov kumush, Madiyar Saidrahimov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi. Terma jamoamiz ancha vaqtdan buyon boks musobaqalaridan oltin medalsiz qaytmayotgan edi.

Musobaqaning tantanali yopilish marosimida MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov keyingi jahon chempionati mezboni sifatida Xalqaro boks assotsiatsiyasi AIBA bayrog‘ini qabul qilib olgan.

Реклама на Unews

Endi 2023 yil poytaxtimiz ilk bor kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring