Olti hududda kasallik yuqtirganlar qayd etildi

2020-yil 7-oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 579 (+136) nafarni tashkil etmoqda, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining:

93 nafari Toshkent shahrida,
16 nafari Farg‘ona viloyatida,
8 nafari Toshkent viloyatida,
7 nafar Qashqadaryo viloyatida,
7 nafar Xorazm viloyatida,
5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Реклама на Unews

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 56 165 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 923 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring