Olmazorda portlab ketgan «stolba» bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani Qoraqamish dahasida stolba portlab ketgani haqida turli xabar va videolavhalar tarqaldi. Tuman hokimligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Olmazor tumani Qoraqamish dahasida joylashgan «A’lo» to‘yxonasi qarama-qarshisidagi podstansiyada 110 kVt yuqori kuchlanishli havo liniyasi 27-tayanch ustunida noma’lum sabablarga ko‘ra qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.

Qisqa tutashuv oqibatida sodir bo‘lgan yong‘in o‘z vaqtida o‘chirilib, muammo bartaraf etilgan.

Реклама на Unews

Ta’kidlanishicha, hozirgi holatda 27-tayanch ustunida doimiy kuchlanish mavjud.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring