Olmazor tumanidagi ayanchli to‘qnashuvda ikki kishi qurbon bo‘ldi

19-aprel kuni soat 23:30 larda Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida «Neksiya-3» rusumli avtomashina haydovchisi Abdullo Z. va «Matiz» avtomashinasi boshqargan, 25 yoshli Bunyod N. o‘rtasida YTH sodir bo‘lgan. 

To‘qnashuv natijasida «Neksiya-3» yo‘lovchisi, 24 yoshli Samarqand viloyatida tug‘ilgan Mohinur T. jarohat olib, tibbiy muassasaga yotqizilgan. «Neksiya-3» haydovchisi, shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, shifoxonada vafot etdi. «Matiz» haydovchisi ham olgan jarohatlaridan voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, «Neksiya-3» haydovchisi tezlikni sezilarli darajada oshirishi natijasida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi chiziqqa o‘tib ketgan va ikkinchi avtomashina bilan to‘qnashgan.

Реклама на Unews

Hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring