Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abituriyentlarni ogohlikka chaqirdi

Oliy va o‘rtamaxsus ta’lim vazirligi 8 iyun kuni abituriyentlar va ota-onalarni ogohlikka chaqirdi.

Xabarga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun tayyorgarlik jarayonlaridan foydalanib, pul evaziga biror oliygohga kiritib qo‘yishni va’da qilayotgan shaxslar uchramoqda. Xususan, Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani, Toshkent irrigatsiya institutiga o‘qishga kiritish uchun 5 ming dollar so‘ragan shaxs, Farg‘onada Koreyadagi universitetga imtihonsiz kiritib qo‘yishni va’da qilib, maktab o‘quvchilaridan jami 20 million so‘m olgan shaxslar, Angrenda 3,5 ming dollar evaziga Jismoniy tarbiya universitetiga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani eslatib o‘tilgan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shu kabi holatlarga qo‘l urishni niyat qilgan shaxslar ham yuqoridagilardan xulosa chiqarishlarini xohlardik. Zero, sizning noqonuniy harakatlaringiz sha’ningiz va ozodligingizga rahna solishiga sababchi bo‘lmasin.

«Hurmatli ota-onalar va abituriyentlarni ogohlikka chaqiramiz! Ogoh bo‘ling, aldanib qolmang! Shu kabi holatlarga qo‘l urishni niyat qilgan shaxslar ham yuqoridagilardan xulosa chiqarishlarini xohlardik. Zero, sizning noqonuniy harakatlaringiz sha’ningiz va ozodligingizga rahna solishiga sababchi bo‘lmasin», deyiladi vazirlik xabarida.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring