Oliy ta’lim vaziri va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimlariga nomzodlar ma’qullandi

Qonunchilik palatasi deputatlari Abduqodir Toshqulovning nomzodinia Oliy ta’lim vaziri lavozimiga, Sherzod Hidoyatovni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga ma’qullashdi.

14 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar ikki nafar hukumat a’zosining nomzodini ko‘rib chiqishdi. Bu haqda Qonunchilik palata matbuot xizmati xabar berdi.

Deputatlar tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga Abduqodir Toshqulov nomzodi ma’qullandi. U hozirga qadar Termiz davlat universiteti rektori hamda Senat a’zosi edi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga Sherzod Hidoyatov nomzodi ko‘rildi va ma’qullandi. Sherzod Hidoyatov hozirga qadar qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Реклама на Unews

Nomzodlar prezidentning tegishli farmonidan keyin o‘z lavozimlariga tayinlanishadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring